platina.uz
Jamiyat

Hindistonning yana bir dorisi xavfli deb topildi

Bu sirop  bolalarda jiddiy shikastlanish yoki oʻlimga olib kelishi mumkin.

Hindistonning yana bir dorisi xavfli deb topildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Hindistonda ishlab chiqarilgan "Cold Out" yoʻtal va shamollashga qarshi sirop xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Dushanba kuni Iroqda sotilayotgan Hindistonda ishlab chiqarilgan "Cold Out" yoʻtal siropi haqida global ogohlantirish eʼlon qilindi. Dori toksinlar bilan ifloslanganligi aniqlandi.

“Mahsulotning sifatsiz partiyasi xavfsiz emas va undan foydalanish, ayniqsa, bolalarda, jiddiy shikastlanish yoki oʻlimga olib kelishi mumkin”, — deyiladi ogohlantirishda.

Bu oxirgi 10 oy ichida Hindiston farmatsevtika ishlab chiqaruvchisiga qarshi beshinchi shunday ogohlantirishdir.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil dekabrida Gambiyada 66 bola Hindistonda ishlab chiqarilgan yoʻtal siropi qabul qilinishi ortidan vafot etgandi.

Afsuski, bunga oʻxshash voqealar Oʻzbekiston uchun ham begona emas. Oʻtgan yili oxirida yigirmadan ziyod bola “Ambronol” va “DOK-1 Maks” siroplari isteʼmolidan soʻng vafot etgandi. Soʻngra, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasi zaharli sanoat mahsulotidan foydalangani aniqlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid