"Tolibon" neft tankerlarini sifatsizligi uchun Oʻzbekistonga qaytarib yubordi
Bu haqda Davlat standartlashtirish bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Jamiyat
7-avgust 2023 yil
Afgʻoniston hukumati 67 ta neft tankerini mahsulot sifati pastligi sababli Oʻzbekistonga qaytarib yubordi, deyiladi Davlat standartlashtirish bosh boshqarmasi xabarida.
“Davlat standartlashtirish bosh boshqarmasi birinchi marta sifat muammosi tufayli 67 ta neft tankerini Oʻzbekistonga qaytarib yubordi”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan xabarda. Uning qoʻshimcha qilishicha, sifatsiz neft importining oldini olish boʻyicha muhim choralar koʻrilgan.
Ilgari "Tolibon" neft sifati pastligi uchun tankerlarni Eronga qaytargan boʻlsa, oʻnlab tankerlar Oʻzbekistonga birinchi marta qaytmoqda.