Pokistonda ayanchli poyezd halokati: Oʻzbekiston elchixonasi bayonot berdi
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor.

Pokiston janubi-sharqida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok boʻldi, ular ichida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Bu haqda Dunyo agentligi maʼlum bermoqda.
Turkiyaning Anadolu axborot agentligiga koʻra, yana kamida 80 kishi jarohat olgan.
Pokistonning Sind viloyatida, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat eʼlon qilingan. Ushbu yoʻnalishda poyezdlar harakati toʻxtatilgan.
Poyezd halokati sabablari hozircha nomaʼlum.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor.
Oʻzbekiston elchixonasi xabariga koʻra, halok boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakat fuqarolari yoʻq. Vaziyat diplomatlar nazorati ostida, deyiladi xabarda.




