platina.uz
Jamiyat

Dahshatli atom quroli ishlatilgan kun

Platina.uz 6 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Dahshatli atom quroli ishlatilgan kun

6 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

"Dunyo shifokorlari tinchlik uchun" xalqaro kuni.

Butunjahon yadro qurolini taqiqlash kuni.

Voqealar.

1889 yil – qoʻlqopsiz bokschilarning soʻnggi jangi boʻlib oʻtdi.

1890 yil — AQShda ilk bor elektr kursida qatl amalga oshirildi.

1916 yil – Chernogoriya Serbiyaga federatsiyaga birlashishni taklif qildi.

1926 yil – 19 yoshli Gertrude Ederle La-Mansh boʻylab suzib oʻtgan birinchi ayol boʻldi. U 56 km masofani 14 soat 31 daqiqada bosib oʻtib, erkaklarning avvalgi yutugʻini 1 soat 59 daqiqaga yangiladi.

1932 yil – Birinchi Venetsiya kinofestivali ochildi.

1945 yil — Yaponiyaning Xirosima shahriga “Bolakay” atom bombasi tashlandi.

1962 yil – Yamayka Britaniya mustamlakasi sifatida 300 yildan keyin mustaqil boʻldi.

1969 yil – Mi-12 vertolyoti 40 tonnadan ortiq foydali yukni 2255 metr balandlikka koʻtarib, jahon rekordini oʻrnatdi.

1973 yil – Kubaning sobiq diktatori Fulxensio Batista surgunda vafot etdi.

  • Amerika samolyotlari "xatolik bilan" Laosning bir qator tinch qishloqlarini bombardimon qildi, natijada yuzlab aholi halok boʻldi.

1993 yil – Janubiy Koreyaning Techjon shahrida “Ekspo–93” Xalqaro koʻrgazmasi ochildi. Koʻrgazmada Oʻzbekiston ekspozitsiyasi ham namoyish etilib, kumush medal bilan taqdirlandi.

1997 yil – Microsoft kompaniyasi Apple Computer Inc kompaniyasiga 150 million dollar sarmoya kiritishini aytdi.

1999 yil – Oʻzbekistonda “Qorabayirlar” pochta markalari muomalaga chiqarilganligi haqidagi xabar eʼlon qilindi. Toshkentlik rassom Alisher Aliqulov bajargan “Qorabayirlar” – 8 ta pochta miniatyurasida oʻz aksini topgan.

2002 yil – xakerlar hujumi orqali Yaponiya Mudofaa vazirligining kompyuter tarmogʻi buzib tashlandi.

  • AQSh Apellyatsiya sudi toʻqqizinchi sud qaroriga koʻra, ommaviy axborot vositalari Kaliforniyadagi qatl jarayonini toʻliq yoritish huquqiga ega boʻldi.

2011 yil – Tolibon Afgʻonistonda Boeing CH-47 Chinook vertolyotini urib tushirdi, 38 kishi halok boʻldi.

2014 yil – Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan oziq-ovqatga qarshi sanksiyalar joriy etildi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSh, Kanada, Avstraliya va Norvegiyadan Rossiyaga baliq, goʻsht, sabzavot va mevalarni olib kirish taqiqlandi.

2018 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar.

1978 yil – oʻzbekistonlik taniqli jurnalist, suxandon, dublyaj aktrisasi va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Dildora Rustamova;

1998 yil – dunyoning eng katta neft xoldingi boʻlmish "ANC" xolding Bosh Prezidenti Asadbek Alijonov tav

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid