platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi shifoxonada tugʻilgan egizak qizaloqlar vafot etdi

Hozirda ushbu holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Toshkentdagi shifoxonada tugʻilgan egizak qizaloqlar vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida yashovchi ayolning 6-sonli tugʻruqxona akusher-ginekologining ehtiyotsizligi sababli egizak farzandlari vafot etganligi haqida xabar tarqaldi.

Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqqan.

Aniqlanishicha, 2023 yil 22 iyun kuni 26 yoshli ayol D.Sh. 26 haftalik muddatidan oldin egizak chaqaloqlar dunyoga keltirgan.

Ish hujjatlariga koʻra, 2023 yil 23 iyun kunida Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan shahar 6-sonli tugʻruq kompleksida 26 yoshli ayol D.Sh.ning farzandlari Ya.Turgʻunova va Ya.Turgʻunovalar vafot etgan, deyiladi.

Hozirda ushbu holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid