platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi "maska-shou" sababi aytildi

Jinoyat ishi yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi taʼkidlangan.

Toshkentdagi "maska-shou" sababi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda joylashgan toʻlov kompaniyalardan biriga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kirgani va kompaniyaning bir nechta xodimlarini hibsga olganligi haqida xabar berildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida fuqarolarning plastik kartalaridan 12 milliard soʻm miqdoridagi pullarning oʻgʻirlanganligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻirlik”) bilan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Jinoyatni toʻliq fosh qilish va jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipini taʼminlash, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplatish choralarini koʻrish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda. Tergov jarayonida plastik kartalardagi pullar turli toʻlov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketganligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

Mazkur jinoyat ishi doirasida poytaxtdagi toʻlov tizimi kompaniyalaridan birida tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruv jarayonida hech kim hibsga olinmagan, kompaniya masʼul xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish olingan.

Jinoyat ishi yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi taʼkidlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid