Shavkat Mirziyoyev turkman prezidenti bilan uchrashdi
Mirziyoyev bugun uch tomonlama sammitda qatnashish uchun Ashxobodga bordi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara oʻtkazdi.
Mirziyoyev bugun uch tomonlama sammitda qatnashish uchun Ashxobodga bordi. Uni xalqaro aeroportda Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalariga asoslangan Oʻzbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.