platina.uz
Jahon

IShID oʻz yetakchisi yoʻq qilinganini eʼlon qildi

Operatsiya Suriya shimolidagi Jandaris shahri yaqinida, Turkiya bilan chegaraga tutash joyda oʻtkazilgan.

IShID oʻz yetakchisi yoʻq qilinganini eʼlon qildi

IShID guruhi oʻz rahbari Abu Al-Husayn Al-Husayniy Al-Qurayshiy oʻldirilganini eʼlon qildi. U 2022 yil noyabridan IShIDga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Jangarilar bilan bogʻliq Telegram kanalida Abu Hafs Al-Hoshimiy Al-Qurayshiy guruhning yangi rahbari etib tayinlangani aytilgan audioyozuv eʼlon qilindi.

Yozuv qachon olingani nomaʼlum. Unda IShID rasmiysi Qurayshiy Suriya shimoli-gʻarbida boshqa guruh vakillari bilan toʻqnashuvlar chogʻida oʻldirilganini daʼvo qilinadi.

IShIDning avvalgi yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurayshiy 2022 yil kuzida Suriyada oʻldirilgan, u fevral oyida oʻldirilgan Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy oʻrniga guruh rahbari sifatida bir necha oy ishlagan.

Joriy yilning aprel oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon turk razvedkasi Suriyadagi IShID yetakchisini kuzatib oʻldirganini aytgan, biroq bu maʼlumot mustaqil tasdiqlanmagan.

Turkiyaning Anadolu axborot agentligi keyinroq Qurayshiy oʻldirilgan uyni koʻrsatgan fotosuratlar va videolarni eʼlon qildi.

Reuters agentligiga tayanib suriyalik manbalar xabar berishicha, operatsiya Suriya shimolidagi Jandaris shahri yaqinida, Turkiya bilan chegaraga yaqin joyda oʻtkazilgan.

AQSh tomoni bu xabarlarni tasdiqlay olmasligini aytgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid