Chiroqchi tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
U 1999 yil Toshkent moliya institutini, 2006 yil Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.

Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi. Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.
Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Fayzulla Yusupov 1976 yil Qamashi tumanida tugʻilgan. U 1999 yil Toshkent moliya institutini, 2006 yil Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Ergashev Zafar Ismoilovich Chiroqchi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. Avvalgi hokim Chiroqchi tumani hokimi Erkayev Nodir Xudayberdiyevich 11 iyul kuni lavozimidan ozod etilgandi.