Sherzod Kudbiyev Soliq qoʻmitasiga qaytdi
U 2022 yil dekabrda Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Maʼlumotlarga koʻra, Davlat soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ajratilgan. Unga Kudbiyev Sherzod Davlyatovich rais etib tayinlangan.
Bu haqda Platina.uzning hukumatdagi manbasi xabar bermoqda. Kudbiyev 2022 yil dekabrda Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangandi.2022 yil dekabrda Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangandi. Bungacha Kudbiyev 2020 yil mayidan 2022 yil oxirigacha Davlat soliq qoʻmitasini boshqarib kelgan.
Bosh vazir oʻrinbosari Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich esa Iqtisodiyot va moliya vaziri boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, u Bosh vazir oʻrinbosari lavozimini ham saqlab qoladi.
Avvalroq prezident farmoni bilan turizm sohasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga oʻtkazilgan Turizm qoʻmitasi sifatida tashkil etilgandi.