platina.uz
Jamiyat

Amir Temur qabrining ochilishi boʻyicha noyob rasmlar taqdim etildi

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida 1941 yil Goʻri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrini ochish boʻyicha ekspeditsiya oʻtkazilgan.

Amir Temur qabrining ochilishi boʻyicha noyob rasmlar taqdim etildi

«Oʻzarxiv» agentligi Samarqand viloyatida joylashgan Amir Temur qabrining ochilishiga oid fotolarni ommaga taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida 1941 yil Goʻri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrini ochish boʻyicha ekspeditsiya oʻtkazilgan. Qabr ochilishida ekspeditsiya raisi Qori-Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich va antropolog Mixail Mixaylovich Gerasimovlar boshchilik qilgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2019 yili Prezident farmoni bilan arxiv hujjatlari birinchi marotaba maxfiylikdan chiqarilgandi. Taʼkidlanishicha, foto hujjat hozirda Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid