Turizm qoʻmitasi raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Turizm qoʻmitasi tashkil etilgandi.

Jamshid Abdusalomov Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar J.Abdusalomov Bosh vazir oʻrinbosari J.A.Xodjayevning kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Turizm qoʻmitasi qaytadan tashkil etilgandi. Oʻzbekistonning YuNESKO huzuridagi doimiy vakili sifatida ishlab kelayotgan Umid Shodiyev ushbu qoʻmitaga rahbar etib tayinlangan.