platina.uz
Jahon

Trampga yirik ayblov qoʻyildi: u bir necha 100 yilga qamalishi mumkin

Iyun oyida Trampga nisbatan 37 ta modda boʻyicha ayblov eʼlon qilingan.

Trampga yirik ayblov qoʻyildi: u bir necha 100 yilga qamalishi mumkin

Federal hakamlar hayʼati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning 2020 yilgi saylovlarga aralashishga urinish va 2021 yil yanvarida Kongressdagi tartibsizliklar boʻyicha ayblov xulosasini tasdiqladi.

CNN maʼlumotlariga koʻra, toʻrtta modda boʻyicha yangi ayblovlar haqida ketmoqda: "AQShni aldash uchun fitna", "rasmiy tartib-qoidalarga buzish", "rasmiy tartib-qoidalarga aralashish va oʻzgartirishga urinish", "huquqlarga qarshi fitna" .

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidentiga nisbatan maxfiy hujjatlarni saqlash boʻyicha ikkita yangi ayblov qoʻyilgandi. Iyun oyida Trampga nisbatan 37 ta modda boʻyicha ayblov eʼlon qilingan. Ayblov xulosasida “maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash”, “yolgʻon guvohlik berish” va “odil sudlovga toʻsqinlik qilish maqsadida til biriktirish” kabi moddalar mavjud.

Ularning har biri Oq uyning sobiq rahbarini 20 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp 2024 yil boʻlib oʻtadigan prezident saylovida amaldagi prezident Jo Baydenga qarshilik qiluvchi asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid