Toshkent viloyati hokimi birinchi oʻrinbosari va ikki hokim ishdan olib tashlandi
Joriy yilda qurilishi reja qilingan 114 ta koʻp qavatli uy-joylardan bugungi kungacha atigi 9 tasi foydalanishga topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishda qator amaldorlarni ishdan oldi.
Jumladan:
Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari M.Fayziyev, Qibray tumani hokimi M.Mirqosimov va Yangiyoʻl tumani hokimi U.Yalgashev hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilindi;
- viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga masʼul oʻrinbosari N.Sharipov, qurilishga masʼul oʻrinbosari Sh.Mahmudovga hayfsan eʼlon qilishga koʻrsatma berildi.
Joriy yilning olti oyida viloyatda xizmatlar hajmi 7,3 foizga oʻsgan boʻlsa-da, bu koʻrsatkich Qibray va Yangiyoʻl tumanlarida 1 foizga ham yetmaydi.
Joriy yilda qurilishi reja qilingan 114 ta koʻp qavatli uy-joylardan bugungi kungacha atigi 9 tasi foydalanishga topshirildi.