platina.uz
Jamiyat

Saddam Husayn mashʼum qaror qabul qilgan kun

Platina.uz 2 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Saddam Husayn mashʼum qaror qabul qilgan kun

2 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Ozarbayjonda milliy kino kuni.

Shimoliy Makedoniyada Respublika kuni.

Voqealar.

1718 yil – Fransiya, Angliya, Avstriya va Gollandiya Ispaniyaga qarshi birinchi "Toʻrtlik" ittifoqini tuzdilar.

1776 yil – Kontinental Kongress tomonidan qabul qilingan va Shimoliy Amerikaning 13 ta mustamlakalarining Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishini eʼlon qilgan Mustaqillik Deklaratsiyasini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Shunday qilib, yangi davlat – AQSh tashkil topdi. AQSh Mustaqillik kuni 4 iyulda nishonlanadi va 2 avgustni mustaqillik rasman taʼminlangan kun deb hisoblash mumkin.

1812 yil – Odessada vabo epidemiyasi boshlandi, undan shaharning har 9-aholisi vafot etdi.

1909 yil – aka-uka Raytlar tomonidan qurilgan birinchi harbiy samolyot AQSh armiyasi tomonidan qabul qilingan.

1940 yil — Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi.

1941 yil – Oʻzbekiston hukumati “Harbiy dala jarrohligi uchun vrachlar va oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, shuningdek, zaxiradagi tibbiyot hamshiralarni qayta tayyorlash toʻgʻrisida maxsus qaror” qabul qildi va bu qarorni amalga oshirishni Respublika sogʻliqni saqlash komissarligiga topshirdi.

1972 yil – Misr va Liviyani yagona davlatga birlashtirish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

1990 yil – Iroq Quvaytga bostirib kirgan.

1997 yil – Jizzaxdan Jomboygacha uzunligi yuz kilometr boʻlgan temir yoʻlning elektrlashtirilgan qismi foydalanishga topshirildi va birinchi poyezd Jomboyga yetib keldi.

2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlagan holda, 11 yillik oʻrta taʼlim tizimini joriy etish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kuni” deb eʼlon qilindi.

2018 yil – tonggi soat 05:10 da Istanbul-Toshkent muntazam qatnovi boʻyicha uchib kelayotgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining “Boeing 767” samolyoti poytaxt aeroportiga qoʻnish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi gʻildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast yetgan.

2019 yil – «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish toʻgʻrisida»gi («Jasliq» qoʻrgʻonida joylashgan) Oʻzbekiston Prezidenti qarori imzolangan.

Tavalludlar.

1943 yil – kimyogar olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sayyora Rashidova tavallud topgan. U – Sharof Rashidovning qizi. Uning asosiy ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi – polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaksiyalarga oid. U 1999 yilda “Doʻstlik”, 2003 yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.

1977 yil – taniqli oʻzbek blogeri, kolumnisti va jamoatchilik faoli, Adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Gender tenglik qoʻmitasi qoshidagi Ekspertlar kengashi aʼzosi, “Shuhrat“ medali sohibasi Shahnoza Soatova;

1983 yil – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda “Soʻgʻdiyona“ futbolchisi Jasur Hasanov tavallud topgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid