platina.uz
Jahon

Rossiya askarlari narkotiklar taʼsiri ostida urushga kirmoqda

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan soʻng, Rossiya askarlari bu adolatsiz urushda nafaqat tez qirilib ketmoqda, balki jismonan majruh boʻlib, eng yomoni giyohvand boʻlib qolgan holatda qaytishmoqda. Achinarlisi, ularni davolash uchun Rossiyada joy ham, malakali shifokorlar ham yetishmayapti.

Rossiya askarlari narkotiklar taʼsiri ostida urushga kirmoqda

Rossiya askarlari giyohvand moddalar taʼsiri ostida Ukrainadagi urushga tashlanmoqda. Rossiyaning Kemerovo viloyati Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimi New Tab nashriga shu haqda maʼlumot bergan. Xodimning soʻzlariga koʻra, rus askarlari urush zonasida doimo hushyor, faol va koʻtarinki kayfiyatda boʻlish uchun amfetamin qabul qilishmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, psixostimulyatorlardan foydalanish «deyarli har bir urushda» kuzatiladigan holat hisoblanadi.

«Bemorlarimizdagi jarohatlar, albatta, muammo. Ammo, mening fikrimcha, keng tarqalayotgan va potensial xavfga ega asosiy muammo — narkotik qaramlikdir. Oddiy qilib aytganda, urushdan qaytganlarning koʻpchiligi yoki piyonista, yoki giyohvand boʻlib qolishmoqda», - degan Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimi.

Kemerovolik shifokor kuniga 200-250 bemorni koʻrishga majbur boʻlyapti. Harbiy xizmatchilar ustuvorlik asosida qabul qilinadi, albatta. Kuzbass kasalxonalarida bemorlar koʻpligidan joy deyarli yoʻq. «Shuning uchun shifoxonada keksalar, ayollar va boshqa tinch aholi qatlamlari uchun sharoit yanada yomonlashmoqda», deydi xodim.

Xodim giyohvandlarning aniq sonini ayta olmadi. Bunday maʼlumotlar odatda oshkor qilinmaydi, qatʼiy sir tutiladi.
Taʼkidlash kerak, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon, turli manblarga koʻra, 200 mingdan ziyod rus askari halok boʻlgan yoki majruh boʻlib qolgan. Kuzbassdagi ikki yirik shahardan biri Kemerovada Ukrainadagi bosqinchilik urushidan keltirilgan harbiy bemorlar uchta shahar shifoxonasida davolanishadi. Hozirda jarohat olgan rus askarlari hisobiga bu yerda joy tanqisligi juda kuchaygan. Bu ham kamlik qilgandek, yaqinda mazkur shifoxona xodimlarini Rossiya bosib olgan yerlarga joʻnatish haqida Moskvadan yangi buyruq kelgan. Bu talab bajarilsa, nafaqat joy, balki malakali shifokorlar tanqisligi ham boshlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid