Nukus tumanida hokim oʻzgardi
Sessiyada Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi ham qatnashgan.

Bugun, 2 avgust kuni xalq deputatlari Nukus tumani kengashida hududga yangi hokim tayinlandi. Unda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Oʻrinbayev ham qatnashgan.
Sessiyada Ziyovutdin Imamitdinovich Zaitov Nukus tumani hokimi etib tayinlandi.
Zaitov shu vaqtga qadar Nukus shahar boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Bir kun avval Kegeyli tumanida ham yangi hokim tayinlangandi.




