Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Shu paytgacha bu vazifani Bahrom Amonovich Nazarov bajarib kelgan.

Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Hasanov Hamid Alisher oʻgʻli tayinlandi.
Hamid Hasanov mehnat faoliyatini shu vaqtga qadar Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK direktori lavozimida olib borgan.
Shu paytgacha bu vazifani Bahrom Amonovich Nazarov bajarib kelgan. U 2021 yilda bu lavozimga tayinlangandi.