Tamaki tutuni har yili millionlab chekmaydiganlarning oʻlimiga sabab boʻlmoqda
Mutaxassislarning fikriga koʻra, sigaretaning 7000 ta komponentlaridan kamida 69 tasi onkologiyaga olib kelishi mumkin.

Sigaretalardan chiqadigan tutun har yili dunyo boʻylab chekmaydigan 1,3 million odamni oʻldirmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dushanba kuni eʼlon qilingan hisobotida maʼlum qildi.
“Har yili 1,3 millionga yaqin odam tutun taʼsiridan vafot etadi. Tutunning passiv taʼsiri nafas olish, yurak-qon tomir, saraton, insult va 2-toifa diabetdan oʻlim xavfini keltirib chiqaradi", — deyiladi unda.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, sigaretaning 7000 ta komponentlaridan kamida 69 tasi onkologiyaga olib kelishi mumkin.
Bir xonada hosil boʻlgan tutun tezda binoning boshqa hududlariga tarqaladi.
"Ochiq derazalar va havo filtrlari boʻlsa ham, tutunning zaharli birikmalari gilamlar, pardalar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarga joylashadi, bir necha oy oʻtgach ham shu yerda qoladi ", — deyiladi hisobotda.