platina.uz
Siyosat

Serdar Berdimuhammedov Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi

Yazgul Mammedov iyul oyi boshida prezident farmoni bilan “boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan” ishdan olingandi.

Serdar Berdimuhammedov Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Meredov Shadurdi Oveznepesovichni Turkmanistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinladi.

Shu munosabat bilan Meredov Turkmanistonning Qirgʻizistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesi "Vatan" axborot dasturi xabar qilindi.

Oʻzbekistondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Yazgul Mammedov iyul oyi boshida prezident farmoni bilan “boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan” ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid