Oʻzbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi
Nuriddin Hamroqulov 1946 yilning 18 iyun kuni Andijon viloyatida tugʻilgan.

Oʻzbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Nuriddin Hamroqulov 1946 yilning 18 iyun kuni Andijon viloyatida tugʻilgan. 1973 yilda Toshkent teatr va rasomlik sanʼati instituti (hozirgi Sanʼat va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967 yildan Andijon teatrida, keyichalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987 yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Xonandaning repertuaridan “Samarqand ushshogʻi”, “Toshkent irogʻi” kabi koʻplab mumtoz qoʻshiqlardan tortib, “Olamni asrang”, “Raʼno”, “Soy koʻrdim”, “Shirinliging”, “Kuldi bahorim”, “Turnalar”, “Ajab sirlar” kabi qoʻshiqlarni ijro etgan.
2020 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.