Isteʼmol tovarlari va xizmatlar biroz arzonlashdi
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 8,9 foizga yetdi.
Iqtisod
1-avgust 2023 yil
2023 yilning iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,2 foizga arzonlashgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.
2023 yilning iyul oyida narxlar va tariflarda oziq-ovqat mahsulotlari oʻrtacha 0,9 foizga arzonlashgan boʻlsa, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 8,9 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 3,3 foizga oʻsgan, deyiladi xabarda.