Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qilgan kun
Platina.uz 1 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

1 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Bugun Oʻzbekistonda 2023-2024-oʻquv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari boshlandi. Respublika boʻyicha hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sigʻimidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.
1291 yil — Shveysariya tashkil topdi.
1774 yil — Josep Priyestley kislorodni kashf etdi. britaniyalik Jozef Pristli simob oksidini qizdirish orqali qilgan tajribalaridan soʻng mohiyatan kislorodni kashf qilgan edi. Bu sana kashfiyot uchun ilmiy jihatdan rasmiy tasdiqlangan hisoblanadi. Chunki bugun ushbu nomi yanglish, lekin oʻzi hayot uchun juda muhim boʻlgan element ilmiy jihatdan rasmiy kashf etilgan.
1780 yil – Shvetsiya oʻzining doimiy betarafligini eʼlon qildi.
1914 yil – Birinchi jahon urushi: Germaniya imperiyasi Rossiya imperiyasiga urush eʼlon qildi.
1936 yil – Berlinda yozgi Olimpiya oʻyinlari ochildi.
1939 yil – 270 kilometr uzunlikdagi Katta Fargʻona kanalini qurish ishlari boshlandi. U 45 kunda umumxalq hashari yoʻli bilan qurib bitkazilgan. Bu kanal Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston hududlaridan oʻtgan boʻlib, Oʻzbekistonning 32 ta paxtakor tumanlarini, 5 shahrini, Tojikistonning 4 ta tumanini suv bilan taʼminlay boshlagan. Bu qurilishga Oʻzbekistondan 160 ming aholi jalb qilingan.
1943 yil – Yaponiya Birmaga mustaqillik berdi.
1957 yil – Isroil funti muomalaga kiritildi.
1964 yil – har yarim soatda "Mayak" radiostansiyasining qoʻngʻiroq belgilari yangray boshladi.
2005 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida oʻlim jazosi bekor qilinishi va uning oʻrniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilishi belgilandi.
2010 yil – Qora dengizda suv osti daryosi topildi.
2017 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
- Samarqand shahridagi Shoirlar bogʻida atoqli xalq baxshilari Islom shoir Nazar oʻgʻli, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh va Muhammadqul Jomurod oʻgʻli – Poʻlkan shoirning restavratsiya qilingan haykallari ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
2022 yil – Donbass uchun jang: Baxmut uchun janglar boshlandi. 2022 yil 18 aprelda Rossiya armiyasining Ukraina sharqida hujumni rivojlantirish va Donetsk hamda Lugansk hududlarini bosib olishga urinishlari bilan boshlangan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining "ikkinchi bosqichi" boshlandi. Rossiya Qurolli Kuchlari va Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari (sentabr oyida Rossiyaga qoʻshilgan) tuzilmalari va boshqa tomondan Ukraina Qurolli kuchlari oʻrtasida janglar boshlandi, ular mintaqalarga daʼvogarlik qilmoqda.
Donbass uchun jang doirasida Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Baxmut shahri uchun harbiy amaliyotlar katta taktik va strategik ahamiyatga ega boʻlmaganiga qaramay, Baxmut Ukraina va Rossiya qoʻshinlari oʻrtasidagi keng koʻlamli toʻqnashuvning markaziga aylandi. Bu jang Rossiya-Ukraina urushidagi eng uzoq davom etgan, har ikki tomon uchun ham katta strategik ahamiyatga ega urush boʻldi.
28 mayda The Washington Post va 29 mayda The Wall Street Journal Baxmut rus qoʻshinlari nazorati ostida ekanligi haqida xabar berishdi.
Ehtimol, Rossiyaning Baxmutni qoʻlga olishga urinishlari Ukraina qurolli kuchlarini Kramatorsk va Slavyanskda oʻrab olish rejasining bir qismi boʻlgan. Biroq, Ukrainaning Xarkov viloyatidagi qarshi hujumidan soʻng, Baxmutga hujum oʻzining asl maʼnosini yoʻqotdi.
2023 yil boshiga kelib, viloyat maʼmuriyati rahbari Pavel Kirilenkoning soʻzlariga koʻra, shahar 60% dan koʻproq va may oyiga kelib deyarli butunlay vayron boʻlgan.
Tavalludlar
1926 yil – yozuvchi va jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Maqsud Qoriyev;
1927 yil – huquqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Shavkat Oʻrazayev;
1949 yil – 2005 yildan 2010 yilgacha Qirgʻizistonning prezidenti Qurmanbek Bakiyev;
1951 yil – Oʻzbekiston islom svilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha sobiq davlat maslahatchisi Shoazim Minovarov;
1955 yil – oʻzbek davlat arbobi, 2002—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Baxtiyor Subanov;
1957 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarov;
1986 yil – oʻzbekistonlik bastakor, multiinstrumentalist, aranjirovkachi va ovoz rejissori Renat Sobirov tavallud topgan.




