Energetika va Qishloq xoʻjaligi vazirliklarida tayinlovlar amalga oshirildi
Botir Togʻayev qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Qamashi tumani hokimi edi.

Energetika vazirligi tizimiga rahbarlar va Qishloq xoʻjaligi vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi.
Jumladan, Mansurov Baxram Mamatmuratovich Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
— Nimatullayev Ilxom Anvarovich Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Botir Togʻayev qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Qamashi tumani hokimi edi.

Alisher Shukurov qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u qishloq xoʻjaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi edi.




