Yongʻinda halok boʻlganlarga tovon puli ajratish boshlandi
Eslatib oʻtamiz, ushbu ayanchli hodisa 29 iyul kuni sodir boʻlgandi.

Fargʻona shahridagi karaoke klubda sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlarning oilalari uchun tovon puli ajratildi.
Bu haqda Xalq deputatlari Quva tumani kengashi qarorida maʼlum qilingan.
Unda maʼlum qilinishicha, Quva tumanida istiqomat qiluvchi 18 yoshli uch fuqaro (oʻgʻil bola) yongʻin oqibatida halok boʻlgan, bir nafari (qiz bola) esa shifoxonada ogʻir ahvolda qolmoqda.
Qaror bilan ularning oilalariga "Sahovat va koʻmak" jamgʻarmasida shakllangan pul mablagʻlari hisobidan 10 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu ayanchli hodisa 29 iyul kuni sodir boʻlgandi. Unda olti kishi vafot etgan va yetti kishi jabrlangan.
Shuningdek, hodisa sabab viloyat hokimining farmoni chiqarildi, u barcha shahar va tumanlarda yongʻin xavfsizligiga qarshi tartibni kuchaytirishni nazarda tutadi.