platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Pokistondagi ayanchli teraktga munosabat bildirdi

"Bu ogʻir damlarda birodar Pokiston bilan birgamiz" deyiladi munosabatda.

Oʻzbekiston Pokistondagi ayanchli teraktga munosabat bildirdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokistonda 44 kishi halok boʻlgan teraktga munosabat bildirdi.

"Pokistonning Bajaur hududidagi siyosiy qurultoyda sodir boʻlgan terrorchilik hujumi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlganidan chuqur qaygʻudamiz.

Qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz hamdardligimizni bildiramiz. Bu ogʻir damlarda birodar Pokiston bilan birgamiz" deyiladi munosabatda.

Eslatib oʻtamiz, 30 iyul kuni, Pokiston shimoli-gʻarbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida “Islom ulamolari assambleyasi” partiyasi qurultoyida terakt sodir etildi. Unda 44 kishi oʻldi, 100 dan oshiq kishi esa jabrlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid