Mirziyoyev va Erdoʻgʻon uchrashadi
Lekin hozircha uchrashuv qayerda oʻtishi maʼlum emas.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻzaro uchrashishi mumkin. Lekin uchrashuv joyi maʼlum qilinmagan.
Bugun ikki davlat rahbari oʻzaro telefon muloqoti oʻtkazgan.
"Boʻlajak qoʻshma tadbirlar rejasi, xususan, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha, shu jumladan energetika, togʻ-kon, oziq-ovqat, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarda yangi loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlangan.




