platina.uz
Jamiyat

Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni

Platina.uz 30 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni

30 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar

Xalqaro doʻstlik kuni – 2011 yil 27 aprelda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan

Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni

Voqealar.

1156 yil ogʻir dardga chalingan xorazmshoh Otsiz olamdan oʻtdi. Oʻrta asr sharq tarixchilari Rashididdin, Ibn al-Asir, an-Nasaviy va boshqalar anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazm hukmdori Otsizning faoliyatini yuqori baholab, uni “Saljuqiylar saltanatining ustunlaridan biri edi”, deya taʼriflaganlar. Otsiz oʻz fuqarolariga nisbatan adolatli hukmdor boʻlib, manbalar tili bilan aytganda “ularning mol-mulkiga chang solmas, raiyyatga gʻamxoʻrlik qilar, ogʻirchilik va osoyishtalik zamonlarida u bilan birga edi”. Xorazmshoh doimo sabr-toqat, shijoat bilan mustaqillik uchun kurash olib bordi.

1502 yil – Kristofer Kolumb mayya xalq vakillari bilan birinchi marta uchrashdi.

1729 yil –- AQShning Merilend shtatidagi eng yirik shahar, yirik port Baltimorga asos solindi. Port koloniyaning lord egasi Charlz Baltimor sharafiga nomlangan.

1842 yil – Sheralixon Qoʻqon xonligi taxtiga oʻtirdi. Mazkur voqea Xudoyorxonzodaning “Anjum at-tavorix” (“Tarix yulduzlari”) asarida quyidagicha qayd etilgan: “Dushanba kuni, 1258 yil, jumodassoniyning yigirmanchi kunidan keyin (milodiy 1842 yil 30 iyulda) quyosh Saraton burjida boʻlgan vaqtda ikromli ulamo va umaro ittifoqi, butun ahli islom jamoasining ijmoi bilan Fargʻonaning xonlik toji va jahonbonlik taxti Sheralining qutlugʻli zoti bilan oroyish va namoyish topib, shohlik toji va farmon berishlik gultoji uning boshi bilan zeb-ziynat topdi”.

1898 yil – amerikalik shifokor Jon Xarvi Kellog va uning ukasi makkajoʻxori donalarini ixtiro qildi.

1900 yil — Britaniyada konlarda bolalar mehnati taqiqlandi.

1912 yil – imperator Taysho Yaponiya taxtiga oʻtirdi.

1925 yil – Albaniya, Gretsiya va Yugoslaviya oʻzaro chegaralarni tan olish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar.

1932 yil – Los-Anjelesda oʻninchi Olimpiya oʻyinlari boshlandi.

1938 yil – fashistlar Germaniyasi amerikalik avtomobil magnati Genri Fordni nemis burgutining temir xochi bilan taqdirladi.

1975 yil – Xelsinkida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha konferensiya boshlandi.

1976 yil – Ispaniyada siyosiy mahbuslarga amnistiya eʼlon qilindi.

1980 yil – Isroil parlamenti birlashgan Quddusni mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi.

1984 yil – NBC telekanalida “Santa Barbara” teleseriali efirga uzatila boshladi.

1992 yil – GDR sobiq rahbari Erich Xonekker Rossiyadan Germaniyaga chiqarib yuborildi.

1993 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻrtkoʻl shahrining 120 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining birinchi poytaxti boʻlgan Toʻrtkoʻl shahrining respublika tarixiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotida tutgan muhim oʻrnini eʼtiborga olib Toʻrtkoʻl shahrida bayram tantanalarini oʻtkazish belgilandi.

2012 yil – Oʻzbekistonda ikkita yangi raqamli kanal – “Madaniyat va ma’rifat” hamda “Dunyo bo‘ylab” telekanallari tashkil etildi.

2018 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar

1931 yil – fizik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Toymas Yoʻldoshboyev tavallud topdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar yadro fizikasi, astro-fizika va kosmik nurlar fizikasiga oid.

1947 yil — amerikalik aktyor, kinoprodyuser, siyosatchi, rejissyor, “Terminator” roli bilan mashhur boʻlgan Arnold Shvarsenegger;

1961 yil — rus va oʻzbek kino aktyori, kino va televideniye rejissyori, ssenariychi, prodyuser

Jahongir Fayziyev;

1965 yil — oʻzbek muxbiri va shoiri, 2019 yil sentabrdan „Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi“ rahbari Minhojiddin Mirzo tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid