platina.uz
Iqtisod

Xitoy Markaziy Osiyodan Rossiyani siqib chiqarmoqda(mi)?

Oʻtgan yil davomida Qozogʻistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Xitoyga eksporti qariyb 40 foizga oʻsgan.

Xitoy Markaziy Osiyodan Rossiyani siqib chiqarmoqda(mi)?

Xitoy Markaziy Osiyoning eng yirik davlatlari bilan savdoda Rossiyani ortda qoldirmoqda. Jumladan, 2023 yilning dastlabki besh oyida Xitoy Rossiyadan oʻtib, Qozogʻistonning asosiy savdo hamkoriga aylandi. Bu haqda Inbusiness.kz nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, iyun oyiga kelib Xitoyning respublika tashqi savdosidagi ulushi 19,2 foizni tashkil etib, soʻnggi 10 yil ichida birinchi oʻringa koʻtarildi. Oʻz navbatida, Rossiyaning Qozogʻiston bilan tashqi savdo operatsiyalaridagi ulushi 18,8 foizni tashkil etdi.

Nashrning taʼkidlashicha, oʻtgan yil davomida Qozogʻistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Xitoyga eksporti qariyb 40 foizga oʻsgan.

Tahlillarga koʻra, Xitoy mashinasozlik, kiyim-kechak va ehtiyot qismlar kabi eksport hajmining oʻsishi tufayli yetakchilikni qoʻlga kiritdi.

Mintaqaning aholisi eng koʻp davlati Oʻzbekistonning ham tashqi savdodagi eng yirik hamkori Xitoydir. Soʻnggi olti oyda ikki davlat oʻrtasidagi tashqi savdo ulushi 5,3 mlrd. dollarga yetgan. Rossiya ikkinchi oʻrinda — 4,4 mlrd. dollar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid