platina.uz
Iqtisod

Rus kompaniyasi Oʻzbekiston korxonasidan $2,1 million talab qilmoqda

Kurgan yoʻl mashinasozligi zavodining daʼvo arizasi arbitraj sudiga   2021 yil 26 fevraldagi kelishuvga asosan berilgan.

Rus kompaniyasi Oʻzbekiston korxonasidan $2,1 million talab qilmoqda

Rossiyaning Kurgan viloyati arbitraj sudi saytida yoʻl va kommunal texnika ishlab chiqaruvchi “Qurgandormash” kompaniyasining Oʻzbekistondan UzAutoTrailer kompaniyasiga mahsulot yetkazib berganlik uchun 196 million rubl (2,1 mln dollar) undirish talabi haqida maʼlumot joylashtirilgan.

Kurgan yoʻl mashinasozligi zavodining daʼvo arizasi arbitraj sudiga 2021 yil 26 fevraldagi kelishuvga asosan berilgan. Qarz miqdori 175 984 840 rublni tashkil etadi, shuningdek, tovarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar hisob-kitoblarni davom ettirish bilan 19 962 413 rubl miqdorida hisoblangan foizlar ham mavjud.

Bundan tashqari, "Kurgandormash" davlat bojini toʻlash xarajatlarini qoplashni talab qiladi.

Agentlik insayderlari bu daʼvo yoʻl texnikasi yetkazib berish bilan bogʻliq deb hisoblamoqda.

“UzAutoTrailer” MChJ 2012 yilda tashkil etilgan boʻlib, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan. Korxona avtomobil tirkamalari va osma uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid