Ikki viloyat hokimi oʻrinbosari ishdan ketdi
Shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB rahbarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Yoshlar bilan ishlashni oʻz holiga tashlab qoʻygani uchun Sirdaryo va Navoiy viloyatlari hokimlarining yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosarlari Sh.Zayniddinov va Ya.Dushanov ishdan ketdi. Bu haqda Fargʻonadagi prezident yigʻilishida maʼlum qilindi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Fargʻonada voyaga yetmaganlar sodir etgan ogʻir jinoyatlarning 20 foizi va oʻta ogʻir jinoyatlarning 43 foizi aynan Qoʻqon shahriga toʻgʻri kelgan. Achinarlisi, 47 nafar maktab va 18 nafar kollej oʻquvchilari jinoyatga qoʻl urgan.
Bu butun respublika boʻyicha eng yomon koʻrsatkich hisoblanadi.
Yoshlar ishlari agentligi, Xavfsizlik xizmati raisining yoshlar siyosatiga masʼul oʻrinbosari Qoʻqondagi vaziyatni jilovlashda eʼtiborsizlik va sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani tanqid qilindi.




