Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni
Platina.uz 28 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

28 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar
Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni – Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti tomonidan 2010 yilning may oyida oʻtkazilgan 63-Xalqaro Sogʻliqni Saqlash Assambleyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga koʻra, 28-iyul sanasini Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida nishonlashga kelishildi. Maʼlumki, 28 iyul — amerikalik olim va shifokor, 1976 yilda gepatit virusini kashf etgan va Nobel mukofotiga munosib koʻrilgan Barux Samuyel Blambergning tavallud kuni hisoblanadi. Aynan ushbu olim sharafiga 28 iyul sanasi Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni deya eʼlon qilingan.
Voqealar
1821 yil – Peru Ispaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi.
1851 yil – dunyoda birinchi marta quyoshning toʻliq tutilishi suratga olindi (dagerreotipda olingan).
1858 yil – barmoq izlari birinchi marta identifikatsiya qilish uchun ishlatilgan.
1855 yil – fransuz fotografi va karikaturachi Feliks Nadar aerofotosuratdan xaritalar yaratish va razvedka maqsadlarida foydalanish gʻoyasi patentlangan. Buning uchun Feliks Nadar sharda koʻtarilib, tarixda birinchi aerofotosuratni amalga oshirdi.
1868 yil – AQSh Konstitutsiyasiga 14-tuzatish qabul qilindi, u Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan har qanday shaxsga fuqarolikni beradi. Tuzatishning asosiy maqsadi sobiq qora tanli qullarga fuqarolik berish edi.
1914 yil – Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi. Birinchi jahon urushi boshlangan.
1919 yil – Xalqaro astronomiya ittifoqi tashkil topgan.
- Antanta mamlakatlari va Avstriya oʻrtasidagi Sen-Jermen shartnomasi imzolangan, unga koʻra Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Polsha va Vengriya mustaqillikka erishdilar.
1926 yil – Belgiyada moliyaviy inqiroz kuzatildi: frank devalvatsiya boʻldi va qirol Albert II hukumatga 6 oyga favqulodda vakolatlar berdi.
1928 yil – Amsterdamda 1928 yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ochildi.
1929 yil — Urush asirlariga doir Jeneva Konvensiyasi 48 davlat tomonidan imzolandi.
1959 yil – Angliyada pochta indekslari joriy etildi va avtomatik saralash mashinalari oʻrnatildi.
1964 yil – Mao Szedun Nikita Xrushchevning kommunistik va ishchi partiyalarining xalqaro konferensiyasida ishtirok etish taklifini rad etdi.
1978 yil – oltin narxi birinchi marta 200 dollardan oshdi.
1980 yil – Peru konstitutsiyasini qabul qildi.
1984 yil – Los-Anjelesda sotsialistik mamlakatlar tomonidan boykot qilingan XXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochildi.
1992 yil – Afgʻonistonda ayollarning televideniyega chiqishi taqiqlangan.
1994 yil – Moldova konstitutsiyasi qabul qilindi.
1995 yil – Hindiston hukumati Bombay shahri nomini Mumbayga oʻzgartirishga qaror qildi.
- Vetnam Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga (ASEAN) aʼzo boʻlgan birinchi sotsialistik davlat boʻldi.
1997 yil – Kubada SSSR parchalanganidan keyin birinchi Xalqaro yoshlar va talabalar festivali ochildi.
2021 yil – yangi tahrirdagi «Sudlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni imzolandi.
- Migratsiya va odam savdosi boʻyicha Telegram-bot ishga tushirildi.
Tavalludlar
1963 yil — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov;
1968 yil — 2019 yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi Ravshan Gʻulomov;
1982 yil — oʻzbekistonlik va ispaniyalik grossmeyster darajasidagi shaxmatchi Ibrohim Hamroqulov tavallud topgan.




