platina.uz
Jahon

AQSh rekord darajadagi mablagʻni mudofaa uchun ajratadi

AQSh 2021 yil mudofaa uchun 740 mlrd dollar, 2022 yil esa 750 mlrd. dollar ajratgan.

AQSh rekord darajadagi mablagʻni mudofaa uchun ajratadi

AQSh Senati 880 milliard dollarlik mudofaa xarajatlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Lekin ushbu loyiha Vakillar palatasiga taqdim etilgan hujjatdan farq qiladi, deya maʼlumot bermoqda C-SPAN telekanali.

Vakillar palatasi va Senat versiyalari oʻrtasidagi tafovutlar demokratlar va respublikachilar oʻrtasidagi oʻzaro qarama-qarshiliklar sababdir. Masalan demokratlar harbiylar jinsini oʻzgartirishi uchun pul ajratish tarafdori sanaladi.

Ushbu va boshqa qarama-qarshiliklar qonun loyihasi AQSh prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun yuborilishidan oldin kelishuv komissiyasi tomonidan hal qilinishi kerak.

Mudofaa byudjeti Ukrainaga beriladigan ATACMS operativ-taktik raketa tizimlari uchun 80 million dollar, shuningdek, Xavfsizlik tashabbusi doirasidagi yordam uchun 300 million dollarni ham oʻz ichiga oladi.

Eslatib oʻtamiz, AQSh 2021 yil mudofaa uchun 740 mlrd dollar, 2022 yil esa 750 mlrd. dollar ajratgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid