platina.uz
Jamiyat

Termizning sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Termiz shahar sudida I. Xudayberdiyev (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi. 

Termizning sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Termiz shahrining sobiq hokimiga 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov maʼlumot berdi.

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudida I. Xudayberdiyev (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

Eʼlon qilingan hukmga koʻra I. Xudayberdiyev Jinoyat kodeksning 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi, 210-moddasi (pora olish) 3-qismi “a” bandi, 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil 6 oy muddatga davlat tashkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtattirilish belgilandi.

Qolgan 17 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegishliligi boʻyicha jarima, 1 yil 9 oy 15 kundan 2 yil 3 oygacha axloq tuzatish ishlari va 3 yil 6 oydan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yilning oktabrida huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar oʻrinbosari va yana 4 nafar mansabdorni 14,8 mlrd soʻmni oʻzlashtirganlikda gumonlab hibsga olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid