Andijonda yoʻl va transport boʻyicha bosh reja tasdiqlandi
Bosh rejani ishlab chiqishga byudjetdan jami 3,7 mlrd. soʻm ajratilishi rejalashtirilyapti.

Andijon viloyati hokimi kengash raisi sifatida Andijon shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha bosh rejasini tasdiqladi.
Bosh reja Andijon mashinasozlik instituti tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, matematik model asosida tayyorlangan. Unda:
- avtoturargohlar tizimini joriy etish;
- yoʻl belgilari joylashuvlarini takomillashtirish;
- chorrahalar samaradorligini oshirish;
- markaziy dispetcherlik xizmatini yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishlar koʻzda tutilgan.
Bosh rejani ishlab chiqishga byudjetdan jami 3,7 mlrd. soʻm ajratilishi rejalashtirilyapti. Xususan:
- hokimiyatdan birlamchi maʼlumotlarni toʻplashga 90 mln. soʻm;
- hududiy tadqiqotlar oʻtkazishga 180 mln. soʻm;
- transport tizimini modellashtirishga 210 mln. soʻm;
- maqsadli indikatorlar va transport tarmogʻini optimallashtirish strategiyasini ishlab chiqishga 360 mln. soʻm;
- transportni optimallashtirish boʻyicha istiqbolli takliflarni modellashtirishga 900 mln. soʻm;
- jami noishlab chiqarish xarajatlari uchun 110 mln. soʻm;
- bosh rejani ishlab chiqishga 1 mlrd. 850 mln. soʻm.
Bosh rejada quyidagi holatlarga alohida eʼtibor qaratiladi: