Navoiyda ijro intizomini buzgan oʻnlab amaldorlar jazolandi
Shuningdek, e.ijro.gov.uz tizimida Navoiy viloyati hokimligi masʼul boʻlgan 11 topshiriq bajarilmagan.

Navoiy viloyatida ish yuritish, ijro intizomiga rioya qilmagani va oʻziga yuklatilgan vazifani lozim darajada bajarmagani uchun amaldorlar intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi qarorida aytiladi.
2023 yilning II choragi (aprel-iyun) davomida viloyat hokimligida jami 98 ta, shundan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari 15 ta, Prezident farmonlari 23ta, qarorlari, farmonlari va 4 farmoyishlari ijro uchun qabul qilingan.
Natijada viloyat hokimining oʻrinbosarlari 15 marotaba, tuman va shahar hokimlari 21 marotaba, korxona va tashkilotlar rahbarlariga 27 marotaba ogohlantirishlar berilgan.
Bundan tashqari tuman va shahar oʻrinbosarlariga 34 marotaba hayfsan berilgan. 46 marotaba ish faoliyatidagi kamchiliklar uchun ogohlantirilgan.
Shuningdek, e.ijro.gov.uz tizimida Navoiy viloyati hokimligi masʼul boʻlgan 11 topshiriq bajarilmagan.