platina.uz
Jahon

Qirgʻiz-tojik chegarasida yana mojaro yuz berdi

Ikki davlat chegarachilari vaziyatni yumshatish boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Qirgʻiz-tojik chegarasida yana mojaro yuz berdi

Qirgʻiziston va Tojikiston chegara hududlari aholisi oʻrtasida yangi mojaro yuzaga keldi. Bu haqda Qirgʻiziston chegara xizmati matbuot markaziga asoslanib, mahalliy OAV yozmoqda.

Aytilishicha, voqea Tojikistondan Qirgʻiziston hududidan oʻtuvchi Vorux anklaviga olib boruvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Haydovchilar janjallashib, ular oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Qirgʻiziston chegara xizmati mojaroning boshlanishida Tojikiston fuqarolarini ayblab, shundan soʻng Xoʻjay-Aʼlo qishlogʻi aholisi voqea joyiga yetib kelgan Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi xodimiga hujum qilgani – ular uni kaltaklashga uringanlari va mashinasining orqa koʻzgusini sindirishganini qoʻshimcha qildi.

Ikki davlat chegarachilari vaziyatni yumshatish boʻyicha muzokaralar olib bordi, deya maʼlum qildi chegara xizmati.

Muzokaralarda hodisa yuzasidan surishtiruv oʻtkazish, ishtirok etgan shaxslarni aniqlash va yetkazilgan zararni qoplash tartibini ham koʻrib chiqdilar.

Tojikiston tomoni Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi xodimiga yetkazilgan zararni tiklashga tayyorligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida oʻtgan yili sentabr oyida qurolli mojaro kuzatilgandi. Unda bir necha kishi halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid