Jondor hokimi viloyatga oʻrinbosar boʻlib ketdi
Viloyat hokimining avvalgi oʻrinbosari Akmaljon Maxmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi boʻlib ketgandi.

Buxoro viloyati Jondor tumani hokimi vazifasida ishlagan Sanʼattillo Hikmatov boshqa ishga oʻtgani uchun vazifasidan ozod etildi.
U Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha avvalgi oʻrinbosari Akmaljon Maxmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi boʻlib ketgandi.




