Butunjahon choʻkishning oldini olish kuni
Platina.uz 25 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

25 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar
Butunjahon choʻkishning oldini olish kuni.
Voqealar.
1885 yil – Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi oʻrtasida navbatdagi shartnoma imzolandi. Unda Buxoro amirligi hududidan temiryoʻl oʻtkazishga kelishilgan. Yoʻl qurilishi uchun 6 ming desyatina yer ajratilib, rus maʼmurlari ixtiyoriga topshirilgan.
1923 yil – Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Usmon Mushafini Turkistonga qaytarish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Ushbu Qurʼon 1869 yilda Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketilgan va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga berilgan edi. Oktabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, Rossiya hukumatining qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923 yilda Toshkentga keltirilgan.
Hozirda Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644–656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma hisoblanadi. Ushbu noyob kitobning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar Amir Temur Toʻxtamishni magʻlubiyatga uchratib, Oltin Oʻrdani egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi.
1925 yil – Sovet Ittifoqi telegraf agentligi (TASS) tashkil etildi.
1937 yil – sobiq Ittifoq NKVDsi (Ichki ishlar xalq komissarligi)ning «Transport sohasi hamda mudofaa zavodlarida ishlayotgan va josuslikda shubha qilinayotgan germaniyalik fuqarolarni qatagʻon qilish operatsiyasi toʻgʻrisida»gi 00439-sonli buyrugʻi chiqarildi. «Nemis operatsiyasi» boʻyicha 1937–1938 yillarda sobiq Ittifoq boʻylab 55005 kishi jazolangan, shulardan 41898 kishi otib tashlangan.
1939 yil – Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalq komissarligi (vazirligi) tashkil etildi.
1968 yil – tugʻilishni nazorat qilish boʻyicha "Humanae vitae" ensiklopediyasi nashr etildi.
1984 yil – Svetlana Savitskaya ochiq koinotga chiqqan birinchi ayol kosmonavt boʻldi. U "Salyut-7" orbital kosmik stansiyasidan koinotga chiqdi.
2000 yil – Concorde Air France 4590 4590 reysi Sharl de Goll aeroportida parvoz qilganidan koʻp oʻtmay Parij tashqarisida qulab tushdi va 113 kishi halok boʻldi.
2006 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.
2007 yil – Pratibha Patil Hindistonning birinchi ayol prezidenti sifatida qasamyod qildi.
2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qilgan.
2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzolagan.
2022 yil – Toshkent shahrida 20 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirokida Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya start oldi.
Tavalludlar.
1905 yil – jurnalist, oʻzbek matbuotida feletonchilik asoschilaridan biri Komil Aliyev tavallud topdi.
1950-yil — oʻzbek va sovet aktyori, rejissori Rustam Saʼdullayev;
1937-yil — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Sulaymon Najafov;
1961-yil — taniqli oʻzbek sharqshunos, manbashunos va adabiyotshunos olim Abdusattor Jumanazarov tavallud topgan.