Xivadagi bozorda yirik yongʻin chiqdi
Uni oʻchirishga 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan va 1 soatdan ortiq vaqtdan beri hamon oʻchirish bilan ovora.

Bugun, 24 iyul kuni soat 17:42 da Xiva shahridagi “Xiva buyum bozori” xududidagi kiyim-kechak hamda oziq-ovqat doʻkonlarida yirik yongʻin sodir boʻlgan.
Uni oʻchirishga 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan va 1 soatdan ortiq vaqtdan beri hamon oʻchirish bilan ovora. Hozircha fuqarolar kuyishi va halok boʻlishi kuzatilmagan.
Eslatib oʻtamiz, ana shunday yirik yongʻinlardan biri Qoʻqon shahrida ham sodir boʻlgandi. Yongʻinni oʻchirishga qariyb 6 soat vaqt ketgandi.