platina.uz
Jamiyat

Xalqaro oʻz-oʻzini parvarish qilish kuni

Platina.uz 24 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Xalqaro oʻz-oʻzini parvarish qilish kuni

24 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Xalqaro oʻz-oʻzini parvarish qilish kuni.

1469 yil – Xuroson hukmdori sulton Husayn Boyqaroning onasi Feruzabegim olamdan oʻtdi. Bu haqda tarixchi Xondamir shunday yozadi: “Yaxshi xislatli xoqon Abulgʻozi Sulton Husayn Mirzoning saltanat va istiqlol nurlari Xuroson mintaqasi viloyatlarini munavvar qilib turgan vaqtda, ul hazratning yurt oluvchi bayrogʻi oychasi xashamat soyasini ul oʻlkalar aholisi boshi uzra tashlagan paytda podshohning onasi maxdi ulyo Feruzabegim 874 yil oʻn toʻrtinchi muharramida (milodiy 1469 yil 24 iyulda) olamdan oʻtdi va yuksak jannatda xurlar guruhi bilan oʻtirib-turuvchi boʻldi”.

1863 yil – tarixchi Mirzo Olim Mahdum Hojining “Tarixi Turkiston” asarida qayd etilishicha, Sulton Sayidxon ibn Mallaxon hijriy 1280 yil safar oyining yettinchi kunida (milodiy 1863 yil 24 iyulda) Qoʻqon xonligi taxtini egalladi.

1901 yil – yozuvchi O. Genri qamoqdan ozod qilindi.

1908 yil – Turkiyada 1876 yilgi konstitutsiya yangilandi.

1937 yil – Bakteriologik qoʻporuvchilikning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) Direktivasi eʼlon qilindi. Unda suv taʼminoti va bakteriologik stansiyalarda, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda faoliyat koʻrsatayotgan, mikrobiologiya bilan shugʻullanayotgan “xorijiy fuqarolar, sovet fuqaroligini qabul qilgan sobiq chet elliklar, chet mamlakatlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni” qamoqqa olish buyurilgan edi.

1938 yil – Nestlé dunyodagi eng mashhur eriydigan qahva brendining birinchi partiyasini chiqardi - Nescafé, shu tufayli bu ichimlik oʻz mashhurligini qozondi (birinchi eriydigan qahva 1900-yillarda AQShda ishlab chiqarila boshlandi, ammo bu ichimlikning taʼmi ancha yomon edi).

1977 yil – Misr va Liviya oʻrtasidagi toʻrt kunlik urush tugadi.

1981 yil – Italiyada barcha mason lojalari va maxfiy jamiyatlari faoliyati taqiqlangan.

1987 yil – IBM DOS 3.3 operatsion tizimini chiqardi.

1990 yil – Kiyev shahar maʼmuriyati binosi yonida birinchi marta koʻk-sariq bayroq koʻtarildi.

1991 yil – Hindiston iqtisodiy rejalashtirishdan voz kechishini eʼlon qildi.

1992 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” aeroportini koʻchirish haqida”gi qarori qabul qilindi.

1993 yil – Rossiya Markaziy bankining sovet uslubidagi banknotlarning muomalasini toʻxtatish va ularni oʻz vaqtida almashtirish toʻgʻrisidagi xabari eʼlon qilindi.

2018 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorlari qabul qilindi.

2019 yil – Boris Jonson Buyuk Britaniya bosh vaziri boʻldi.

2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

2021 yil – “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha kafilliklar beriladigan boʻldi.

17-24 iyul kunlari Litva davlati tomonidan oʻtkazilgan nufuzli 51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) da ilk bor oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi gʻolib boʻldi. Rail Xashayev — Toshkent shahridagi 71-maktab oʻquvchisi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Madina Xasanjonova — S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey oʻquvchisi 4-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Tokioda start olgan yozgi Olimpiadaning birinchi kunida oʻzbekistonliklar birorta ham gʻalabaga erishmadi. Olimpiya oʻyinlarining birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi 11 nafar sport musobaqalarga qatnashib, ularning 9 nafari oʻz ishtirokini yakunlagan.

1999 yilning «16 fevral voqealari»da ayblangan 5 nafar fuqaro oqlandi.

Tavalludlar.

1783 yil —Ispaniyaning Lotin Amerikasi mustamlakalari mustaqilligi uchun kurashuvchi Simon Bolivar;

1957 yil – Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan. Shavkat Mirziyoyev oʻzining siyosiy faoliyati davomida Oliy Sovet deputati, Mirzo Ulugʻbek tumani, Jizzax va Samarqand viloyatlari hokimi sifatida faoliyat koʻrsatdi. 2003 yilning 11 dekabridan respublika Bosh vaziri boʻldi. Ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi. 2016 yil 4 dekabrda mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz olib, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi va hozirgi paytga qadar ushbu masʼuliyatli vazifani ado etib kelmoqda.

1969 yil – amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi, raqqosa va modeler Jennifer Lopez tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid