platina.uz
Jahon

Turkiya migrantlar uchun fuqarolik olishni qiyinlashtirmoqchi

Eslatib oʻtamiz, Turkiya eng koʻp oʻzbek muhojirlar ishlaydigan davlatlardan biri sanaladi.

Turkiya migrantlar uchun fuqarolik olishni qiyinlashtirmoqchi

Turkiya Yevrointegratsiyasiga yaqinlashish maqsadida fuqarolik qonunchiligini kuchaytirib, fuqarolik olishni murakkablashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hozirdanoq muhojir va qochqinlarga Turkiya fuqaroligini berishni qiyinlashtirishga harakat qilinmoqda, bu ayniqsa Suriyadan kelganlarga tegishli.

Maʼlum qilinishicha, Turkiya va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida vizasiz rejim joriy etilishiga eng jiddiy toʻsiq bu qochqinlar masalasidir.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan viza rejimini oʻrnatishi uchun boshqa shartlar ham bor. Bular Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish, soʻz erkinligini taʼminlash, shuningdek, Turkiya orqali Yevropaga oʻtmoqchi boʻlgan suriyaliklarga yashash sharoitlari yaratib berishdir.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya eng koʻp oʻzbek muhojirlar ishlaydigan davlatlardan biri sanaladi. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, millionga yaqin oʻzbekistonlik ushbu davlatda yashaydi va ishlaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid