Qonunchilik palatasi mansabdori hokim etib tayinlandi
Komil Ernazarov 1984 yil Sirdaryo tumanida tugʻilgan.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida gʻokim tayinlash masalasi koʻrildi.
Tuman hokimi lavozimiga shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni rahbari vazifasida ishlab kelayotgan Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich nomzodi tasdiqlandi.
Komil Ernazarov 1984 yil Sirdaryo tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini viloyat moliya boshqarmasida yetakchi iqtisodchi sifatida boshlab, turli yillar davomida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, sobiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Guliston tumaniga ham yangi hokim tayinlangani xabar berilgandi.




