platina.uz
Jamiyat

Qurilish vaziriga yangi oʻrinbosar lavozimi joriy etildi

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori ham boʻladi.

Qurilish vaziriga yangi oʻrinbosar lavozimi joriy etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etildi.

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarorida shu haqda soʻz boradi.

Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Qarorga muvofiq, 2027 yil 1 yanvargacha direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji toʻlashdan ozod qilinadi.

Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilgan.

Mazkur maydonning 12905,7 gektari qishloq xoʻjaligi yerlari va 6823,7 gektari boshqa yer toifasidagi yerlardir. Mazkur yerlardan foydanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda. Jumladan:

  • fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari — 13185 gektar (242 ta);
  • yordamchi xoʻjaliklar va issiqxona yerlari — 203,8 gektar (49ta);
  • dehqon xoʻjaliklari — 323,5 gektar (100 ta);
  • oʻzga yerdan foydalanuvchilar — 2263,2 gektar (379 ta);
  • aholi tomorqalari — 3012,6 gektar;
  • mahalliy hokimiyat zahirasidagi yerlar — 60,5 gektar (2 ta);
  • kanallar va yoʻllarga ajratilgan yerlar — 680,5 gektar.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid