Oʻzbekiston importi eksportdan ancha koʻpligicha qolmoqda
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlat Xitoy boʻlib qolmoqda.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 6 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd AQSh dollari va import 17,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSh dollariga yoki 19,4 foizga oshgan.
Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlat Xitoy boʻlib qolmoqda — besh oyda 4,5 mlrd.
Ikkinchi oʻrinda Rossiya bormoqda — 3,8 mlrd.