Qonunga zid ravishda tadbirkorlik qilayotgan olti mansabdor nomi ochiqlandi
Aniqlangan holatlar boʻyicha mazkur davlat organlari va ularning yuqori turuvchi idoralariga tegishli taqdimnomalar kiritilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonun va qonunosti hujjatlariga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan 6 nafar mansabdor boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra:
1. Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov “Total Oil” MChJ;
2. “Axborotlashtirish Bosh markazi” DUK rahbari D.Sarixodjayev “Musammo” MChJ;
3. Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi S.Nosirova “Sabina Issiq Nonlari 777” va “Ko‘mir Sanoati” MChJlar;
4. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev “Zarafshan Golden Group” va “Zarafshon Grand Invest” MChJlar, “Gʻani Bobo Chorvasi” fermer xoʻjaligi;
5. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov “Sanico Group” va “Uv-Maks” MChJlar;
6. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi rahbari B.Sharipov “Karomat Oyijon-Surxon” fermer xoʻjaligida taʼsischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha mazkur davlat organlari va ularning yuqori turuvchi idoralariga Antikorrupsiya agentligi tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga barham berilishi, yaʼni mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subʼektlaridagi faoliyati tugatilishi choralari koʻrilmoqda, deyiladi xabarda.