Oʻzbekiston Koʻrfaz davlatlariga vizasiz rejim joriy etadi
Shuningdek, Mirziyoyev oʻzaro erkin savdo rejimini joriy etish muhimligini taʼkidlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga koʻra, Oʻzbekiston Koʻrfaz davlatlari (Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn)ga vizasiz rejim joriy etadi.
Bu haqda prezidentning “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitidagi nutqida maʼlum qilingan.
Oʻzbekiston rahbarining taʼkidlashicha, Koʻrfaz davlatlari yetakchi kompaniya va banklari bilan amalga oshirilayotgan umumiy loyihalar portfeli 20 milliard dollardan oshadi.
Shuningdek, Mirziyoyev oʻzaro erkin savdo rejimini joriy etish, texnik reglamentlarni uygʻunlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish muhimligini taʼkidlagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Afgʻoniston masalasini ham koʻtardi. "Bu yurtda tinchlik oʻrnatmasdan, nafaqat mintaqamiz, balki global xavfsizlikni ham taʼminlash mumkin emas", deydi Shavkat Mirziyoyev.