platina.uz
Jamiyat

Koʻchaga chiqmang va ogʻir mehnat qilmang: issiqdan saqlanish boʻyicha tavsiyalar

Organizmning suvsizlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kuniga yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish juda muhim. 

Koʻchaga chiqmang va ogʻir mehnat qilmang: issiqdan saqlanish boʻyicha tavsiyalar

JSST Yevropa mintaqaviy byurosi jaziramadan saqlanish boʻyicha quyidagi tavsiyalarini eʼlon qildi.

Anomal harorat kuzatilayotgan davrda issiq oʻlkalarga sayohat qilishdan avval ob-havo prognozidan xabardor boʻlib, ehtiyot choralarini koʻrgan holda yoʻlga chiqish zarur.

Jaziramada doim yoningizda salqin suv olib yurishni unutmang. Zarurat boʻlmasa, harorat yuqori soatlarda koʻchaga chiqmaslik va ogʻir jismoniy ishlar bilan shugʻullanmaslik kerak, deyiladi xabarda.

Bunday vaziyatda transport vositalarida bolalar va hayvonlarni qoldirish toʻgʻri emas. Iloji boʻlsa, kunduzi kamida ikki-uch soat davomida salqin joyda vaqt oʻtkazgan maʼqul.

Tunda xona derazalarini ochish, kunduzi oftob nurini qaytarish uchun xonalarga pardalar tutish va jarima kunlarda imkon qadar oʻzidan issiq chiqaruvchi elektr moslamalaridan kamroq foydalanish maqsadga muvofiq.

Organizmning suvsizlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kuniga yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish juda muhim.

Mutaxassislar, shuningdek, yengil, tabiiy matodan tikilgan va keng liboslar kiyishni, imkon qadar tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilishni, shakarli, alkogolli yoki kofeinli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qiladi.

Anomal harorat taʼsirida oʻzingiz yoki yaqinlaringizda bosh aylanishi, koʻngil aynishi, holsizlik, bosh ogʻrigʻi kabi alomatlar kuzatilsa, shifokorga uchrashing.

Avvalroq magnit boʻronlari boʻyicha tavsiyalar taqdim etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid