platina.uz
Jamiyat

Amir Temur tarixiy gʻalabaga erishgan kun

Platina.uz 20 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Amir Temur tarixiy gʻalabaga erishgan kun

20 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar

Xalqaro Oy kuni

Xalqaro shaxmat kuni – 1966 yildan boshlab har yili butun dunyo miqyosida Xalqaro shaxmat kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Butunjahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) qaroriga binoan oʻtkaziladi.

Bugun Oʻzbekistonda abituriyentlarni roʻyxatga olishning soʻnggi kuni.

Voqealar

1402 yil – Sohibqiron Amir Temur Anqara jangida turk sultoni Boyazidni magʻlub etdi.

1810 yil — Lotin Amerikasida mustaqil Kolumbiya davlati tuzilgani eʼlon qilindi.

1877 yil – animatsiya tarixi boshlangan.

1924 yil — Parijda Xalqari shaxmat federatsiyasi ochildi.

1955 yil — Kreml sayyohlar uchun ochildi.

1960 yil – tarixda birinchi marta ayol hukumat rahbari etib saylandi: Sirimavo Bandaranaike Shri-Lanka Bosh vaziri boʻldi.

1969 yil — AQShning "Apollo-11" kosmik kemasi Oyga qoʻndi.

1976 yil – Mars yuzasida birinchi tadqiqotlar oʻtkazildi.

1993 yil – Litvada oʻz pul birligi – litas muomalaga kiritildi.

2011 yil – Toshkent shahridan 235 kilometr uzoqlikda, janubi-sharqiy yoʻnalishda, Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari chegarasida kuchli zilzila sodir boʻlib, u yerda yer silkinishi Rixter shkalasi boʻyicha 7-8 ballni tashkil etdi. Yerning silkinish kuchi Andijon va Fargʻona viloyatlarida 5 ball, Namangan viloyatida 4 ball, Toshkent shahrida esa 5 ball darajasida qayd etildi. Zilzila oqibatida Fargʻona viloyatining Rishton, Bagʻdod va Oʻzbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok boʻlgan, yuzdan ortiq odam jarohatlangan.

2015 yil – Kuba va AQSh 50 yildan keyin diplomatik munosabatlarni toʻliq tikladi.

2019 yil – Samarqand viloyati Urgut tumaniga "Chegara bilmas dustlik" shiori ostida Tojikiston Respublikasidan 150 nafar barcha toifadagi mehmonlar tashrif buyurishdi.

2022 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

Tavalludlar

1304 yil – italyan shoiri, gumanistlarning keksa avlodi rahbari, Italiya Uygʻonish davrining eng yirik namoyandalaridan biri Franchesko Petrarka;

1917 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov;

1933 yil – folklorshunos olim Malik Murodov;

1950 yil – hind aktyori Nasiriddin Shoh;

1959 yil — yozuvchi va kinodramaturg, noshir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va “Doʻstlik“ ordeni sohibi Shoyim Boʻtayev;

1961 yil – yozuvchi va shoir Eshqobil Shukur;

1987 yil — taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi Gulhida Joʻrayeva tavallud topgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid