platina.uz
Iqtisod

Sirdaryo hokimi byudjetdan 2,6 milliard soʻm ajratdi

Ushbu mablagʻ viloyat byudjetining erkin mablagʻlari hisobidan ajratilishi belgilangan. 

Sirdaryo hokimi byudjetdan 2,6 milliard soʻm ajratdi

Sirdaryo hokimi viloyati farmoyishi bilan Guliston shahrida tashkil etilgan malakali quruvchilarning oziq-ovqat mablagʻlari uchun 400 mln. soʻm ajratilishi belgilandi.

Mazkur hujjat onlayn platformaga joylashtirilgan.

Ushbu mablagʻ viloyat byudjetining erkin mablagʻlari hisobidan ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, Guliston shahridagi koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash va obodonlashtirish uchun 1 mlrd. 500 mln. soʻm pul ajratilishi boʻyicha farmoyish imzolangan. Mablagʻlar "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka ajratililadi.

Bundan tashqari Boyovut tumani Davlat xizmatlari markazi maʼmuriy binosi qurilishini yakunlash uchun viloyat mahalliy daromadlaridan 700 mln. soʻm pul beriladi.

Avvalroq Qashqadaryoda respublika byudjetidan ajratilgan ikki yuz milliard soʻm elektr energiya, ichimlik suvi va oqova suv taʼminoti, ichki yoʻllarni taʼminlash va ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflanishi xabar berilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid